Янгиликлар

Aziz narpayliklar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2022-yil bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, oila a’zolaringizga mustahkam salomatlik, tuganmas baxt-saodat tilayman.

2022-yil jonajon yurtimiz va navqiron Narpayimizga qut-baraka, barchamizga ulkan omad va zafarlar olib kelsin!

“BIRLIK” OBOD BO‘LDI

“Obod qishloq” dasturi asosida Birlik mahallasida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hududdagi maktab, shifokorlar uyi qayta taʼmirlandi. Aholi xonadonlari obodonlashtirilib, sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha yangi transformatorlar o‘rnatilib, simyog‘ochlar yangilandi.

QULAYLIKLARGA EGA UY

"INTER GROUP NARPAY" MCHJ tomonidan 36 xonadonli ko‘p qavatli xususiy uy qurib bitkazildi. 8150,0 million so‘m mablag‘ evaziga tiklangan ushbu imoratning birinchi qavati va yer to‘lasi xizmat ko‘rsatish kompleksiga mo‘ljallangan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM