Янгиликлар

#TAYINLOV

Iskandarov Feruz Nasriddinovich – Narpay tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Xozirga qadar u tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
_______

MEHMON UYLARI TASHKIL ETILMOQDA

Avval taʼkidlab o‘tganimizdek, turizmni rivojlantirish maqsadida Ko‘k ota ziyoratgohi atrofidagi xonadonlarda mehmon uylari tashkil etilmoqda.

Tuman hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov ushbu hududda bo‘lib, tashkil etilayotgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi.
_____

#MATBUOT_ANJUMANI

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Feruz Iskandarov ishtirokida "Tuman iqtisodiy salohiyatini yana-da oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM