Янгиликлар

MUHIM LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI

Bundan bir yarim oy avval, masʼullar joylarga chiqib, aholini kayfiyatini ko‘tarish bilan bog‘liq infratuzilmadagi  muammolar ro‘yxatini shakllantirgan edi. Shunga asosan tumanda 29 ta eng muhim loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihalar uchun qariyib 23 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

HURMATLI YOSHLAR!

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Narpay tumani hokimi kubogi uchun ochiq turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Musoboqalar shu yilning  7 – 8 noyabr kunlari birinchi va ikkkinchi sektorlar,  9 – 10 noyabr kunlari esa uchinchi hamda to‘rtinchi sektorlar kesimida o‘tkaziladi. 

“BESH TASHABBUSDA” QVZ

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovining tuman bosqichi  bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovda sektorlar kesimida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘zaro bellashdilar. Jamoalar jamiyatda uchrab turadigan salbiy odatlarni yumorga boy chiqishlari bilan namoyish etishdi.

#Bugun

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY HARAKATI DOIRASIDA

Tuman “Agroinspeksiya” bo‘limi xodimlari eng chekka hudud hisoblangan Sohibkor mahallasidagi asosiy yo‘l atrofiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar.

***

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM