Янгиликлар

ZIYORATCHILAR KUTIB OLINDI

14 iyun kuni Narpaylik ziyoratchilar muborak “Haj-2023” ibodatini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoni podshohligiga jo‘nab ketishgan edi.

“Haj-2023” dasturi doirasida kvotalar soni oshirilib, tumanimizdan 32 kishi Islom olamidagi beshinchi muqaddas arkonni bajarish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Hashar – elga yarashar

AHILLIKDA GAP KO‘P

Tungi yoritgichlar yo‘llarni charog‘on qiladi. Bugun nafaqat tuman markaziga, balki qishloq ko‘chalariga va katta yo‘llarga ham tungi chiroqlar o‘rnatilmoqda. Shu kabi, yo‘l atrofini beton qorishma bilan qoplab, piyodalar uchun yo‘lakcha barpo etishmoqda. Bu esa aholiga qulaylik yaratmoqda, albatta.

SAMARQAND SHAHRIGA SAYOHAT

Tumanimizning Yangiobod mahallasidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan 25 nafar xotin-qizlar uchun Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi.

Sayohatchilar Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari bilan tanishdilar.

SUV KELTIRGAN ELDA AZIZ

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarning ham ko‘lami keng.

Samarqand suv taʼminot MCHJ Narpay tuman filiali tomonidan peshma-pesh har bir mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM