Янгиликлар

AZIZ NARPAYLIKLAR!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bugun bir qator ijtimoiy soha va tadbirkorlik subyekti obyektlari foydalanishga topshiriladi. Tantanali ochilish marosimlari haqida ijtimoiy tarmoq orqali maʼlumot berib boriladi.

Shu kabi, tumanimiz markazida joylashgan “Yoshlar” istirohat bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami tantanali nishonlanadi.

YОSHU QARI HASHARDA

Birinchi sektor hududidagi Navro‘z mahallasi ahli M-37 yo‘li atrofida hashar uyushtirishdi. Ular yo‘l chetini tozalab, ko‘chat ekishmoqda. Hasharda yoshi ulug‘ otaxonlar ham ishtirok etib, yoshlarga ibrat bo‘lishyapti.

NARPAYDA CHIGIT EKISHGA KIRISHILDI

Bu yil tumanimiz bo‘yicha 9021 gektar maydonga chigit ekib, g‘o‘za parvarishlanadi. Shu kunga qadar maydonlarga ishlov berilib, ekish mavsumiga tayyorlab qo‘yildi.

Burkon fermer xo‘jaligi dalalarida fermerlar va soha mutasaddilari ishtirokida chigit qadash ishlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

2015-2023 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM