Янгиликлар

Olis va og‘ir hududlarda

DEPUTATLAR XALQ BILAN BIRGA

Tumanimizda og‘ir va olis hududlar tanlab olinib, "xonadonbay" tizimda ish olib borilayotgani haqida xabar bergandik. Ayni kunlarda esa "Ipak yo‘li" mahallasida shu tarzda ishlar olib borilmoqda.

ZAYNAB HAYDAROVA 70 YOSHDA

Zaynab Haydarova 1951-yil 1-avgustda Narpay tumanida tug‘ilgan. Bugun Zaynab moma 70 yoshini qarshiladi. 

Shu munosabat bilan tuman hokimi Sherzod Rahmonov momaning yashash xonadonida bo‘ldi. Tavallud kuni bilan tabriklab, maxsus sovg‘alarni topshirdi.

#SAYYOR_QABUL

Tumandagi 6 umumtaʼlim maktabida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyevaning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 

Unda tuman hokimi o‘rinbosari Do‘stmurod Nosirov, Xalq qabulxonasi mudiri Mardon Xudoyqulov boshqarma boshlig‘i bilan birgalikda fuqarolarning xalq taʼlimi sohasiga doir murojaat, taklif va shikoyatlari qabul qildilar.

Hurmatli tabiiy gaz isteʼmolchilari!

“Narpaytumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan tizimda taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli bugun – 2-avgust kuni soat 19:00 gacha Oqtosh shahri hududida tabiiy gaz taʼminoti to‘xtatiladi. 

Barcha tabiiy gaz isteʼmolchilaridan gaz jihozlaridagi jo‘mraklarni o‘chirib qo‘yishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

2015-2021 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM