Янгиликлар

MAKTABDA SPORT O‘YINLARI

Milliy gvardiyaning tuman qo‘riqlash bo‘limi xodimlari 57-umumtaʼlim maktabida sport o‘yinlari tashkil etdi.

Yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan yengil atletika musobaqalarining g‘oliblari va faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
_________

YO‘LSOZLAR SHIJOATI

Yo‘lsozlar tomonidan keyingi paytlarda tumandagi bir qancha ichki yo‘llar taʼmirlanib, aksariyat ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari shu kunlarda Oqtosh shahri Zirabuloq ko‘chasida ish olib borishyapti. Yo‘lning asosiy qismiga asfalt qoplanyapti.
_____________________

CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI

Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan bu galgi yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklar haqida so‘z bordi.

Tanqidiy ruhda olib borilgan yig‘ilishda shu kunga qadar bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator masʼullarga nisbatan choralar ko‘rildi.

YANGI KO‘PRIK QURILMOQDA

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Birlik mahallasining ichki yo‘liga ko‘prik qurilmoqda. Ushbu ko‘prik ko‘chada transport vositalari va piyodalar harakati uchun qulaylik yaratadi.

Ayni pallada qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
__________