Davlatimiz rahbarining “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tumanimizda tashkil etilmoqda.
Tuman hokimligining maxsus ishchi guruhi tomonidan “SS-ASH” MCHJ, "Archmega qurilish"MCHJ hamda Kattaqo‘rg‘on Osiyo qurilish MCHJ tomonidan bajarilayotgan ishlar o‘rganildi.
Bugun joylarda tuman hokimi, prokuror, tuman hokimining o‘rinbosari hamda masʼullar ishtirokida o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida qozonxonalar, xonalarga o‘rnatilayotgan qovurg‘alar, hamda isitish tizimi quvurlarini loyiha asosida o‘rnatilishi lozimligi taʼkidlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, qilingan ishlarni ekspluatatsiya guruhi tomonidan nazorat qilib borish qatʼiy qilib belgilandi.
Kuz-qish mavsumi 15 noyabrdan boshlanishi belgilangan. Ushbu modernizatsiya qilish ishlari esa, 15-oktyabrga qadar tugatilishi lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatma, topshiriq va tavsiyalar berildi.