PROFILAKTIK SUHBAT

Bugun butun jamiyatni tanazzulga olib borishi mumkin bo‘lgan illatlardan biri bu – giyohvandlik. Hozirda, dunyo miqyosida asr vabosi deb atalmish bu ajal quroliga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Tuman IIB JQB va 37-sonli MK JQB xodimlarining o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida, Guliston mahallasida yashovchi fuqaroning yonidan 1,33 gramm, yashil rangli, quruq holdagi “marixuana” giyohvand moddasi topilgan.

Yana bir fuqaro esa, odamlarning qoramollarini sotib olib, savdo jarayonida kelishilgan pul mablag‘larini to‘liq bermasdan, firibgarlik qilib kelgan.

Guliston mahallasi fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu masalalar muhokama etildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari hamda tegishli tashkilot masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda giyohvandlikning oqibatlari hamda firibgarlik qurboni bo‘lib qolmaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

2015-2023 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM