OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASIGA YANGI TEXNIKA AJRATILDI

So‘nggi yillarda tumanimizni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Shu sababli bugun tuman obodonlashtirish boshqarmasining ish faoliyatini yana-da jadallashtirish maqsadida byudjet mablag‘lari hisobidan 620 million so‘mga yangi XSMG, HANVANG5 rusumli 25 tonna yuk ko‘tarishga ixtisoslashgan avtosamosval berildi.

Zamonaviy texnika tumanni obodonlashtirish yo‘lida samarali xizmat qilishiga ishonamiz.

Eslatib o‘tamiz ushbu texnika oxirgi ikki yilda obodonlashtirish boshqarmasiga olib berilgan oltinchi texnikadir. Shu bilan zamonaviy texnikalar soni o‘ntaga yetkazildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM