SAXOVATNI HAR KUNI HAR YERDA QILAYLIK !

Davlatimiz rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan haftaning har juma kuni "Mehr va saxovat kuni" etib belgilangan.

Shu munosabat bilan tuman hokimi Narpay mahallasida istiqomat qiluvchi 93 yoshli Maʼrifat momo Yusupovaning holidan xabar olib, unga nogironlik aravachasini hamda Dedan mahallasida yashab kelayotgan Nodirbek Toshmurodov xonadoniga ham tashrif buyurib, unga bir martalik moddiy yordam sertifikatini topshirdi.

Shu kabi, Zirabuloq mahallasida yashovchi Zulfiya Xudoyqulovaga ham ehtiyojmand bo‘lganligi tufayli nogironlik aravachasi yetkazildi.

Bunday eʼtibordan mamnun fuqarolar yurtga tinchlik, elga omonlik tilab duoga qo‘l ochdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM