PROFILAKTIK SUHBAT

“Mirbozor bozori” MCHJ bozori hududida nomaʼlum shaxs boshqa bir fuqaroning uyali aloqa vositasini va yana bir fuqaroning yon cho‘ntagida bo‘lgan pul mablag‘larini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan. Xuddi shu bozorda yana bir fuqaro boshqa bir shaxsni turli xil uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Shu kabi, Istiqlol mahallasida tomorqasiga qonunga xilof ravishda giyohvand o‘simliklar turkumiga kiruvchi "kannabis" o‘simligini yashirin ravishda ekib, parvarishlab kelgan fuqaro qo‘lga olingan.

Har uchala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Narpay tumanidagi mazkur hududlar bir-biriga yaqin bo‘lganligi uchun birinchi sektordagi ikkinchi kasb-hunar maktabida bozor maʼmuriyati, nomlari qayd etilgan mahallalar fuqarolari hamda tegishlilar ishtirokida tuman hokimi va sektor rahbarlari profilaktik suhbat o‘tkazishdi.

Mahallalar faollari ham o‘z navbatida bu holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikrlar bildirishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM