YOZ – O‘TSIN SOZ!

Yoz kelib kunlar isiy boshladi. Bu esa bolalarni suv havzalarida cho‘milish istagi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Biroq, taqiqlangan suv havzalarida cho‘milish noxush hollarga sabab bo‘lishi mumkinligi, hech birimizga sir emas.

Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat davomida Narpay kanalining, “Narpay” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida bolalarning cho‘milayotgani, taqiqlangan hududda xavfsizlikka rioya etilmayotgani  kuzatilyapti.

Bu hududda bir necha marta profilaktik tadbirlar olib borilganiga qaramasdan belgilanmagan joylarda cho‘milish holatlari uchramoqda.

Shu o‘rinda ota-onalar va oiladagi boshqa katta yoshdagi fuqarolarga murojaat qilmoqchimiz: farzandingizni beeʼtibor qoldirmang!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM