DALALARDA APROBATSIYA TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Dalalarimizda paxtadan yana-da yuqori hosil olish imkoniyati bor. Buning uchun g‘o‘za parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi lozim.

Shu bois Respublika paxtachilik Kengashining yetuk mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tumanimizda g‘o‘za parvarishi borasida bajarilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, fermerlarga zarur tavsiya va takliflarini berib kelishmoqda.

Ishchi guruh tomonidan “Sobirjon Gadoyev”, “Yangiqo‘rg‘on chorvasi”, “Doston Do‘stmurodov”, “Ahmad Zoir ota dalasi” va “Narpay Xushnudbek” fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarida aprobatsiya tadbirlari o‘tkazildi. Seminar-trening tarzida o‘tkazilgan tadbirda g‘o‘zani oziqlantirish, zararkunandalardan himoya qilish va buning uchun qanday agrotexnik choralar ko‘rilishi shartligi haqida fermer va qishloq xo‘jaligi xodimlariga tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM