UYMA-UY O‘RGANILGAN MASALALARGA YECHIM TOPILDI

Bugun aholining muammolarini o‘rganish, masalalarga yechim topish rahbarlarning birinchi galdagi vazifasiga aylangan. Shu bois yil boshidan buyon yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun 85 dan ortiq sayyor qabullar o‘tkazilyapti. Eng muhimi, Respublika va viloyatdagi soha masʼullariga ham turli masalalarda murojaat qilish imkoni mavjud.

Tuman hokimi, tegishli o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri va masʼullar Birlik, Haqiqat, Yangiobod mahallalari aholisi xonadonlarida bo‘lib, sayyor qabullarda yuqori turuvchi idoralarga tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqdi.

Tegishli masʼullar hamrohligida o‘rganilgan uy-joy, k-savdo va davolanish uchun yordam masalalaridagi aholi murojaatlarining barchasiga belgilangan tartibda qonuniy yechim topiladigan bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM