PROFILAKTIK SUHBAT

Farovon mahallasida yashovchi fuqaro qo‘shnisining uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, tilla-taqinchoqlarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan. Holat yuzasidan esa belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yana bir nechta fuqaro oldindan bo‘lgan kelishmovchiligi sababli boshqa bir fuqaroni do‘pposlashgan. Natijada bir insonga tan jarohati yetkazilgan.

Bugun fuqarolar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan profilaktik suhbatda ushbu jinoyat ishlari muhokama etildi. Dastlab, masʼul rahbarlar jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar. So‘ng yuqorida qayd etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, oqibati haqida fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM