RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida paralimpiya musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Bunda musobaqaning yengil atletika turi bo‘yicha Narpaylik yoshlar ham ishtirok etishdi.

Barkamol mahallasidan Karomat Omonova birinchi, Mustaqillik mahallasidan Quvonchbek Eshpo‘latov ikkinchi, Ko‘k ota mahallasidan Kamola Abdusaidova esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu kabi, Totkent mahallasidan Munisa Toshmamatova para shaxmat turi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Musobaqada ishtirok etgan sportchilarimizning barchasi Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM