Hokim tabrigi

FARZAND INSON UMRINING KO‘RKI VA MAZMUNI 

Dunyoda bolajonlar kulgisi-yu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi.

Zotan, farzandining saodati va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

Shu o‘rinda jamiki o‘g‘il-qizlarni butun dunyo bo‘ylab, nishonlanayotgan 1 iyun – “Xalqaro  bolalarni himoya qilish kuni" bilan chin dildan qutlayman.

Inson umrining ko‘rki va mazmuni sanalgan farzandlarimiz sog‘-salomat bo‘lishsin!

Sherzod RAHMONOV,
Narpay tumani hokimi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM