#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Open byudjetda yutsak ham ko‘chalarimiz asfalt qilinmayapti” sarlavhali xabar tarqaldi. Unda Qozikent mahallasi ahli 2022 yil sentyabr oyida tashabbusli byudjet orqali ichki yo‘llarni asfaltlash loyihasida g‘olib bo‘lishgani, shunga qaramay hali-hanuz asfalt yotqizish ishlariga qo‘l urilmaganligi bayon etilgan.

Narpay tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan olingan maʼlumotda aholining eʼtirozi o‘rinli ekanligi, bu ko‘chalarda joriy taʼmirlash ishlari boshlanganligi, hozirda asfalʼtbeton yotqizish uchun yer tekislash va tekislovchi qatlamlar tayyorlanganligi taʼkidlangan.

Taʼmirlash ishlarining bir muddat kechikayotganligi esa korxonaning hisob-raqami vaqtincha yopilib qolganligi bilan bog‘liq. Masalalarga yechim topilgan va tez orada ushbu noqulayliklar bartaraf etilib, shu yilning 2-choragi yakuni bilan yo‘l taʼmiri poyoniga yetkazilishi maʼlum qilingan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM