100 ISH O‘RNI YARATISH HARAKATIDAGI AYOL

Narpay tumanidagi "Shahzod dil" oilaviy korxonasi (rahbari Dilorom Nuriddinova) o’z xovlisida  bolalar uchun maktab formalari hamda yozgi kiyimlarni tikmoqda. Tayyor mahsulot Toshkent shahridagi bozorlarda sotilyapti.

Aslida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga ish boshlagan tikuvchilik sexida mahallaning 25 nafar xotin-qizini bandligi taʼminlangan.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar hamrohligida ushbu korxona faoliyatini o‘rgandi. Tadbirkorning muammolari va takliflari eshitildi.

Tadbirkor esa kelgusida qishki kiyimlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, faoliyatini yana-da kengaytirmoqchi. 100 nafar xotin-qizni ish bilan taʼminlashni rejalashtirgan.

Tuman rahbari va masʼullar tomonidan unga joy tanlash, shu kabi boshqa masalalarda bir necha yaxshi takliflar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM