SIZ ISTAGAN BARCHA SANʼATKOR BAYRAMDA ISHTIROK ETADI

Bugun bo‘lib o‘tadigan tumanning asosiy bayramida qaysi taniqli sanʼatkor ishtirok etishini istardingiz? mazmunida so‘rovnoma o‘tkazdik.

So‘rovnomada qayd etilgan Lola Yo‘ldosheva, Adham Soliyev va Ortiq Sultonov, shu kabi mahalliy sanʼatkorlar uchun yetarlicha ovozlar to‘plandi. Barcha obunachilarning ovozlari inobatga olinib, ularning hammasini bayram tadbiriga taklif qildik.

Demak, bugun latofatli xonanda Lola Yo‘ldosheva, ko‘pchilikning hurmatiga sazavor Adham Soliyev, Ortiq Sultonov va mahalliy sanʼatkorlar Sizning xizmatingizda bo‘lishadi.

Hurmatli Narpayliklar! Barchangizni Oqtosh shahridagi istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan Navro‘z bayrami tantanalarida kutib qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM