AZIZ NARPAYLIKLAR!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bugun bir qator ijtimoiy soha va tadbirkorlik subyekti obyektlari foydalanishga topshiriladi. Tantanali ochilish marosimlari haqida ijtimoiy tarmoq orqali maʼlumot berib boriladi.

Shu kabi, tumanimiz markazida joylashgan “Yoshlar” istirohat bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami tantanali nishonlanadi.

Bayram sayli soat 14-00 da, bayram dasturlari esa 16:00 da boshlanadi. Tadbir o‘zgacha ruhda va katta tayyorgarlik ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bayram dasturida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, musiqiy va ko‘ngilochar shoular, mahallalar hamda sportchilarning chiqishlari o‘rin olgan.

Tadbirda respublikadan sanʼatkorlar ishtirok etishlari kutilmoqda. 

Barchangizni Navro‘z sayliga taklif etamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM