Aziz tumandoshlar!

Qishning ziynati qor o’zi bilan baraka olib kelishi barchaga ma’lum. Qorning tabiat uchun, qolaversa, qishloq xo’jaligi, turli kasalliklarni oldini olish va boshqa ko’plab jarayonlarga ulkan foydasi bor. 

Biroq, yog’ib o’tgan qor mahalla va qishloqlarimizdagi ichki ko’chalar, piyodalar yo’laklarida kurab olinmasa tungi sovuqlarda muzlagan yo’laklar bir qator muammolar yuzaga keltirishi ham bor gap.

Kelinglar, bugundan kechikmay o’z uyimiz va ish joyimiz atrofidagi yo’laklar, piyodalar va o’tish yo’laklarini hamjihatlikda qordan tozalab, keksa nuroniylarimiz, bemorlarimiz, shirin farzandlarimiz va uyimizdagi transport vositalari uchun sharoit yarataylik.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM