#Kitob_javoningizga

“NARPAY SOHILLARIDA”  

“Narpay sohillarida” deb nomlangan kitob xalq deputatlari tuman Kengashi va Narpay tumani hokimligining nashri – “Navqiron Narpay” (“Paxtakor ovozi”) gazetasining 90 yilligi munosabati bilan chop etildi.

Bu kitob shu zaminda yashab ijod qilgan buyuk oqin Islom shoir Nazar o‘g‘lidan tortib, bugungi yosh iqtidor egalarining ijod namunalarini o‘z ichiga olgan. Shu kabi Narpay tumani va tahririyat tarixi haqida ham qisman maʼlumot beradi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan nashr yuzini ko‘rgan ushbu kitobni mutolaa qilsangiz Narpaylik taniqli shoirlar va umidli qalamkashlarning ijod namunalaridan bahramand bo‘lasiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM