Narpayda yana bir oila yarashtirildi

Oilaning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, Xalqimizning oila bilan bog‘liq qadriyatlarini mazmunan boyitish, oilalarni yana-da mustahkamlash maqsadida byuro tomonidan ahamiyatli ishlar olib borilmoqda.

Aliment undirish bo‘yicha eʼlon qilingan "Dolzarb o‘n kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar davomida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2022 yil 12 oktyabr kungi qaroriga asosan qarzdor U.o.dan undiruvchi B.I. foydasiga ikki nafar farzandlari uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuro tomonidan olib borilgan suhbatlar va tushuntirishlar natijasida 2023 yil 7 yanvar kuni taraflarlar o‘zaro yarashib, oilasini qayta tiklashdi, ikki farzandlari ota-onasini bag‘rida shodon yashash baxtiga muyassar bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar tumanda davom etmoqda...

Vohidjon Boboqulov, Byuroning Narpay tuman bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM