ULOQ-KO‘PKARI MARDLAR O‘YINI

Ko‘pkari milliy o‘yinlarimizning eng qadimiylaridan biri sanaladi. Bunda chavandozdan faqat halollik talab etiladi.

Bu o‘yin milliy bayramlar, to‘y-tantanalarda o‘tkaziladi asosan.

Tepa mahallasida yashovchi Muhammadiyevlar oilasi elga to‘y berib, ko‘pkari o‘yinlarini o‘tkazishni ham niyat qilishgan edi. Bugun to‘y munosabati bilan uyushtirilgan milliy o‘yinda Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardan ham chavandozlar ishtirok etishdi.

Bir qator mukofotlar, shu kabi eng oliy sovrin – bir bosh tuya haqiqiy chavandozlarga nasib etdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM