ID-KARTA BIR ISH KUNIDA TAYYOR BO‘LADI

Maʼruf Jo‘rayev 23 yildan buyon Narpay mahallasida doimiy yashab kelmoqda. Biroq fuqaroligi yo‘q shaxs edi. Bugun esa u O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bo‘limda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi bir ish kunida rasmiylashtirib berilmoqda.

Suratda: tuman IIB boshlig‘i Bahodir Rahmatov fuqaroga ID-kartasini topshirmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM