DEHQON XO‘JALIKLARIDA TO‘QSONBOSTI EKINLAR PARVARISHLANYAPTI

Bugungi kunda tumanimizda 3200 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida 675 gektar yer maydoni auksion savdolari orqali ajratildi.

Dehqon xo‘jaliklari tashkil etib, mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz  birinchi ekin hosilini allaqachon yig‘ib olishgan. Shu kunlarda ular xaridorgir qishki to‘qsonbosti ekinlar ekishmoqda.

Ayni paytda Mang‘it va Sarbozor mahallalarida sarimsoq piyoz parvarishlanyapti.

Tuman hokimligi ishchi guruhi aʼzolari joylarda bo‘lib, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekin ekish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berishmoqda.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM