Tashqi yozuvlarni qonunga muvofiq joylashtirish lozim

    Joriy yilning 5-oktabr kuni tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandan o'tuvchi M-37 yo'li hamda Imom Buxoriy ko'chasidagi tashqi yozuvlarning belgilangan talablarga mosligi o‘rganildi.
    O‘rganish jarayonida noqonuniy o‘rnatilgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan 30 dan ortiq tashqi yozuvlar aniqlandi va belgilangan tartibda olib tashlandi.  

    Shuningdek, mutasaddilar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga reklama vositalarini qonunga muvofiq joylashtirish lozimligi haqida tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM