“YAXSHI DAM – MEHNATGA HAMDAM”

Bugun paxta terimida faol ishtirok etayotgan fuqarolarga terim pulidan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari, sovg‘alar ulashilmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda ularning madaniy hordiq olishlari uchun ham sharoit yaratilgan.

 Tuman madaniyat bo‘limi,  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tuman bo‘linmasi  vakillari “Begim pilakor” fermer xo‘jaligi dalasida paxta terayotgan hasharchilar uchun konsert uyushtirishdi.

Ilg‘or terimchilarga sovg‘alar ulashildi.

Sanʼatkorlar tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar dillarga zavq bag‘ishladi, albatta.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM