MAHALLA BINOSI VA TEZ YORDAM SHAXOBCHASI TAʼMIRLANADI

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida Guliston mahallasida bo‘lib, hududdagi holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallaning maʼmuriy binosi hamda ko‘p tarmoqli kattalar poliklinikasining Oqtosh filialiga qarashli Islom shoir 103 – tez tibbiy yordam shaxobchasini taʼmirlash bo‘yicha masʼullarga tavsiyalar berildi.

Demak, har ikkala obyekt ichki imkoniyatlardan kelib chiqib va hashar yo‘li bilan taʼmirlanadigan bo‘ldi.

Mahalla binosining qo‘shimcha xonalari taʼmirlanib, ayollar bandligini taʼminlash harakatida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga beriladi.

Shu kabi tez tibbiy yordam binosini oilaviy shifokorlik punkti uchun moslashtirib taʼmirlash asosiy reja-dasturga kiritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM