“OQBOSH” OBOD BO‘LMOQDA

Bugun tuman markazidan olisda joylashgan qishloqlarni obod qilishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xabaringiz bo‘lsa, bir muddat avval Totkent mahallasidagi Orzigul qishlog‘i obodonlashtirilgan edi. Yangi maktab binosi qad rostlab, yo‘llarga tosh to‘kildi. Hududda tibbiy xizmat shaxobchasi ishga tushirildi.

Shu kunlarda ushbu mahallaning eng olis hududi sanalmish Oqbosh qishlog‘ida katta hajmda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Homiylik va ichki imkoniyatlardan foydalanib, yo‘llar taʼmirlanib, internet tarmog‘i tortilmoqda. Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilyapti. Masʼullar xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolarini o‘rganishayotir.

Tuman hokimi sektor rahbarlari hamrohligida shu qishloqda bo‘lib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM