NARPAYDA BIR KUNDA ISTЕ’MOLCHILARGA 20 TONNAGA YAQIN SUYULTIRILGAN GAZ MAHSULOTLARI TARQATILADI

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Narpaytumangaz” bo‘limi  tumanning 52 ta mahallalardagi 31077 ta aholi va 33 ta (ijtimoiy soha obe’ktlari)ga xizmat ko‘rsatadi.

O‘tgan 8 oy davomida tumandagi iste’molchilarga 3690 tonna mahsulot yetkazib berildi.

Aholini suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida, tumanda 5 ta “ISUZU” avtoulovlaridan foydalaniladi.

Bugungi kunda suyultirilgan gaz mahsulotini yetkazib berishda aholi xonadonlari 35113 dona maishiy gaz ballonlaridan foydalanadi.

Har kuni tumanning  2 ta mahallalarida yashovchi iste’molchilarga 950 ta maishiy gaz ballonlarda 19 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Mazkur jarayonlarda filialning 11 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM