"TEMURBEK TURKISTON AMIRI"

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xayriddin Begmatovning "Temurbek Turkiston amiri" romanining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, ijodkorning shogirdlari, bir guruh Narpayliklar ishtirok etdilar.

Uyushma raisi shoir Sirojiddin Sayyid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari Zulfiya Mo‘minova, Xosiyat Bobomurodova va boshqalar roman haqidagi ijobiy fikrlarini bildirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrug‘iga asosan, ijodkor o‘qituvchiga shu yerning o‘zida "Xalq taʼlimi aʼlochisi" ko‘krak nishoni topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM