RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI NARPAYDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik Kengashi kotibi  Otajonov Shuxrat Ibraimjonovich boshchiligida ishchi guruh aʼzolari tumanimizga tashrif buyurishdi.

Dastlab, "Oltio‘g‘il dalalari" fermer xo‘jaligidagi ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng Respublika Kengashi aʼzolari hamda tuman hokimi Sh.Rahmonov “Maroqand Sifat” MCHJ klasteri faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, tashrif davomida klaster faoliyati tahlil qilindi va tegishlilarning hisoboti tinglandi.

Bundan tashqari, klasterga qarashli g‘o‘za maydonlarida yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib olish, urug‘lik maydonlaridagi urug‘lik paxtani sifatli terib olish, tindirilgan urug‘lik chigitini ekish bo‘yicha klaster hamda tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari va fermerlarga tegishli tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM