HECH KIM EʼTIBORDAN CHETDA EMAS

Mamlakatimizda hech kim eʼtibordan chetda emas. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yordamlar ko‘rsatilayotgani fikrimiz dalilidir. Birgina tumanimiz miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, nochor fuqarolarning yashash uylarini taʼmirlash, ularga qulay sharoit yaratish, salomatligini tiklash kabi turli ko‘rinishlarda moddiy-maʼnaviy ko‘mak berilyapti.

Tepaqo'rg‘on mahallasida yashovchi Zuhra Umarovaning  2 nafar farzandi bor, turmush o‘rtog‘i Boymurod Boltayev 2-guruh nogironi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati vakili va tuman hokimi xonadon ahlining turmush tarzi, yashash sharoitini o‘rgandilar. Haqiqatda ham bu oila ijtimoiy ko‘makka muhtoj.

Bugun ushbu xonadon egalariga bir martalik moddiy yordam sifatida besh million so‘m ajratilgani haqidagi sertifikat, uyini taʼmiri uchun shifer, sement eltib berildi. Chorva mollari uchun esa somon yetkazildi.

Shu kabi oila aʼzolari malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tomorqasida esa subsidiya asosida issiqxona qurishga kirishildi.

Bu kabi g‘amxo‘rliklardan xonadon ahli juda mamnun.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM