PSIXOLOGIK MASHG‘ULOTLAR VA SUHBATLAR

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 7-iyundagi farmoyishiga asosan, shu yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilmoqda.

Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu oylik doirasida tuman IIB xodimlari ishtirokida psixologik tadbirlar tashkil etilyapti.

Ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligi va maʼnaviy-ruhiy muhitning barqarorligiga alohida eʼtibor qaratilgan holda tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari hamkorligida psixologik-trening mashg‘ulotlari va psixologik suhbatlar olib borilmoqda.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM