IKKI RAHBAR QATTIQ OGOHLANTIRILDI

Tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida barcha korxona va tashkilot, muassasalar faoliyati tahlil etildi. O‘tgan hafta davomida oqsoqlik bilan ish yuritgan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi o’tgan xafta natijalariga ko’ra eng qoloq tashkilotlar, deb topildi.

Ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash tizimi yaxshi emas. Bandligi taʼminlangan aholini ro‘yxatga olishda ham ayrim noaniqliklar bor. Shu kabi dalalarda olib borilayotgan dehqonchilik yumushlarida ham kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf etilmagan.

Har ikkala tashkilot rahbari qattiq ogohlantirilib, kamchiliklarni qisqa muddatda tuzatish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM