TEZKOR TADBIR

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Narpay tuman nazorat bo‘limi davlat inspektorlari, tuman IIB va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida tumanning Xo‘jakarzon mahallasi hududida tezkor reyd tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Birlik mahallasida yashovchi fuqaro z.X mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo muhofaza qismidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavator yordamida qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, noqonuniy ravishda yuk tashuvchi mashinalarga ortib berayotganligi aniqlandi.

Shu bois, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM