ISH SEKTORDAN BOSHLANADI

Tuman hokimi birinchi sektor shtabiga biriktirilgan xodimlar bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlar ijrosini vaqtida taʼminlash, "Temir daftar", Yoshlar daftari" hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning bandligini taʼminlash va boshqa bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng tuman hokimi va sektor rahbarlari tadbirkorlar murojaatlarini o‘rganishdi.

Murojaatchilar tomonidan tadbirkorlik uchun kredit, yer ajratish shu kabi bir qator masalalar ilgari surildi.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM