UMUMPROFILAKTIK TADBIR

Probatsiya binosida tumanimizda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida nazoratdagi shaxslar ishtirokida  umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, IIB XKMB katta inspektori, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etishdi.

Fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy muammolari o‘rganilib, ularni bandligini taʼminlash hamda kasbga o‘qitishda amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.

Tadbir yakunida sayyor sud majlisi o‘tkazilib, 7 nafar mahkumlarni ishi ko‘rildi. Shundan 2 nafar ayollar, 3 nafar yoshlar jazolaridan ozod etildi. Jinoyatga moyil 2 nafar mahkumlarni jazosi og‘irroq jazoga almashtirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM