QISHLOQLARNI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TAʼMINLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Investitsiya dasturi doirasida Qozikent mahallasiga qiymati 850 million so‘mlik 7,5 kilometrga yangi ichimlik suv tarmog‘i tortish hamda bitta suv inshootini mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunlarda “Elita layf konstuksion” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari "Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan Barkamol mahallasiga 3 milliard 380 million so‘mlik 22 kilometr masofaga yangi ichimlik suv tarmog‘i tortish va bir dona suv inshootini mukammal taʼmirlash ishlari “Bo‘ronov Ravshan quruvchi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilyapti.

Bu ishlar yakuniga yetgach Qozikent mahallasida 2413 nafar, Barkamol mahallasida 2300 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM