“Aholini ro‘yxatga olish” tadbirini o‘tkazsak nimalarga erishamiz?

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagoni manbai bo‘lib hisoblanadi.  Aholini ro‘yxatga olish tadbirini belgilangan muddatda, aniq reja-jadval asosida o‘tkazsakgina ko‘zlangan maqsadga erishishimiz mumkin. Ya’niy;

  • Ma’muriy-hududiy birliklar kesimida viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi sonini;
  • Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar bo‘yicha manzilli dasturlarni tayyorlanishi;
  • Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki mahsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘satkichlarni shakillantirish uchun;
  • Ilmiy izlanishlarda foydalanish;
  •  Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha indikatorlarning shakillanishi;
  • Xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini oshirish;
  • Demografik holatlar, aholini yoshi, jinsi, millati, kam sonli millatlar, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflarni aniqlash;
  • Aholi demografiyasining aniq hisobi va kelajak prognozini ishlab chiqish;
  • Byudjet daromadi va xarajatlarining aniq shakillantirilishiga erishish;
  • Ma’muriy hududiy birliklar bo‘yicha mavjud uy-joy fondi va uning tavsiflarini aniqlash;
  • Investitsion jozibadorlikni oshirish;
  • Uzoq, borishi qiyin bo‘lgan va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatini ma’lumotlarini aniq hisobini shakillanishiga erishgan bo‘lamiz.

 

 

                                                                    Narpay tuman  statistika bulimi

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM