BAXT QISHLOG‘I OBOD BO‘LADI

O‘tgan yilda tuman hokimligi tashabbusi bilan hashar uyushtirilib, Guliston mahallasining Navbahor qishlog‘i obodonlashtirildi. Yo‘llar ravon bo‘ldi, elektr taʼminoti sifati yaxshilandi. Aholi xonadonlari tartibga keltirilib, tomorqadan unumli foydalanish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Bu yil ham anʼanaga ko‘ra, hokimlik tomonidan ushbu mahalladagi tuman markazidan juda olisda joylashgan Baxt qishlog‘ini obodonlashtirish tashabbusi ilgari surildi.

Erta tongda maxsus texnikalar Baxt qishlog‘i tomon yo‘l oldi. Tuman hokimi tegishli tashkilot vakillari bilan bu borada fikrlasharkan, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, elektr energiyasi sifatini yaxshilash, suyultirilgan gaz ballonlarini vaqtida yetkazish, shu kabi ishsiz fuqarolarni ro‘yxatga olib, ularga mos ish bilan taʼminlash, xonadonlarni tartibga keltirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, yo‘llarni taʼmirlash singari qator vazifalarning amalga oshirilishi lozimligi haqida to‘xtaldi.

So‘ng tuman hokimi sektor rahbari va masʼullar hamrohligida xonadoma-xonadon yurib, aholining murojaatlari, takliflarini o‘rgandi.

Ha, Baxt qishlog‘ini obodonlashtirish ishlari qizg‘in tus oldi. Hademay bu qishloq obod maskanga aylanadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM