Ro‘yxatga olishning turli bosqichlari uchun oqibatlar

        Ro‘yxatga olish usulini tanlash to‘g‘risidagi qaror rejalashtirishning iloji boricha dastlabki bosqichlarida turli xil muqobillarning xarajatlar, olingan ma’lumotlarning sifati va ularni amalda qo‘llash imkoniyatlarini sinchkovlik bilan sinab ko‘rish asosida qabul qilinishi kerak. Hatto an’anaviy ravishda bitta usul qo‘llanilganda ham, hozirgi aholini ro‘yxatga olish va o‘zgaruvchan texnik ehtiyojlar asosida uning nisbiy afzalliklarni muntazam ravishda qayta baholashni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Tanlov erta bosqichda amalga oshirilishi kerak, chunki ro‘yxatga olish byudjeti, tashkiliy tuzilma, ro‘yxatga orlishni targ‘ibot ishlarini amalga oshirish rejasi, kadrlar tayyorlash dasturi, ro‘yxatga olish varaqasi tuzilishi va ma’lum darajada to`planishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar aynan tanlangan usulga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumotlarni to`plashni bir necha usullaridan foydalangan holda jamoatchilik tomonidan qo‘llaniladigan usullarni qo‘llab-quvvatlashga ishonch hosil qilish juda muhimdir, chunki jalb qilingan ro‘yxatga oluvchilar soni va shunga mos ravishda xarajatlar shunga bog‘liq.

      Ro‘yxatga olish davrining muddati va davomiyligi juda muhimdir. Asosiy talab belgilangan muddatlarda aholini qamrab olish va to`plangan ma’lumotlarning sifati jihatdan eng muvafaqqiyatli ro‘yxatga olish imkoniyatlarini ta’minlashdir. Bu bir qator omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalo, noqulay yoki ekstremal ob-havo sharoitlari tufayli aholi punktlariga borish qiyin bo‘lgan yoki ro‘yxatga olish qiyin bo‘lgan mavsumdan qochish kerak.

 

Narpay tumani statistika bo`limi

(66) 432-19-46

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM