FAVQULODDA VAZIYATLARGA SHAYLIK HOLATI O‘RGANILDI

Islomobod mahallasida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari tegishli masʼullar ishtirok etdilar. Tuman hokimi soha vakillariga yong‘in va boshqa noxush hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari xonadonma -xonadon yurib, tabiiy gazdan foydalanganda texnika qoidalariga rioya qilish, qo‘lbola jihozlardan foydalanmaslik va is gazidan saqlanish, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish yuzasidan targ‘ibot -tashviqot ishlarini olib bordilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM