ROSSIYADA ISHLASHNI XOHLAYSIZMI?

Unda ushbu tanlovda ishtirok eting!

Shu yilning 27-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Velesstroy”” MCHJ korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkaziladi.

1.Tanlov o‘tkaziladigan manzil: Samarqand shahar, Narpay ko‘chasi, 7-B-uyda joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazi (mo‘ljal: Kimyogarlar qo‘rg‘oni);

2.Ish joyi manzili: Rossiya Federatsiyasi Amur viloyati Svobodniy shahri;

3.Talab qilinayotgan mutaxassislik: beton quyuvchi, armaturachi, elektr montajchi, payvandlovchi, santexnikachi, g‘isht teruvchi, ishchi, og‘ir yuk tashuvchi mashina haydovchisi;

4.Ish grafigi: Haftasiga 6 kun, 1 kunda 10 soat, smenali grafigi (kunduzgi, tungi);

5.Oylik maoshi: soatiga 160-190 rubl;

6.Oilaviy holati: Erkak, 22 yoshdan 55 yoshgacha;

7.Yo‘l kira xarajati: Ish beruvchi tomonidan qoplanadi;

8.Yashash joyi: Ish beruvchi tomonidan qoplanadi;

9.Ovqatlanish: 3 mahal ish beruvchi hisobidan;

Maʼlumot uchun telefon: 66233-53-00, 66233-24-00 https://t.me/samarkand_bandlik

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM