TADBIRKORLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Narpay tumani hokimligi binosida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov tuman hokimi Sherzod Rahmonov hamda masʼul tashkilotlar vakillari  hamrohligida tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazdi.

Qabulda tadbirkorlar tomonidan faoliyatini kengaytirish uchun yer, kredit, nizoli masalalarni hal etish yuzasidan murojaatlar tushdi.

Aksariyat murojaatlar masʼul mutasaddilar ko‘magida joyida hal etildi. Muddat talab etadigan masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM