Olis va og‘ir hududlarda

DEPUTATLAR XALQ BILAN BIRGA

Tumanimizda og‘ir va olis hududlar tanlab olinib, "xonadonbay" tizimda ish olib borilayotgani haqida xabar bergandik. Ayni kunlarda esa "Ipak yo‘li" mahallasida shu tarzda ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputatlar va tuman hokimining tegishli o'rinbosarlari hamda mahalla faollari bilan "xonadonbay" ish yuritish jarayonini o‘rgandi.

Shu kabi aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning  muammolari yuzasidan suhbatlashdi. Shu bilan birga  tomorqadan unumli foydalanish borasida tavsiyalar berdi.

Shuningdek, mahallaning yangi binosi uchun ham dastlabki joylar tanlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishlilarga topshiriqlar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM