ZAYNAB HAYDAROVA 70 YOSHDA

Zaynab Haydarova 1951-yil 1-avgustda Narpay tumanida tug‘ilgan. Bugun Zaynab moma 70 yoshini qarshiladi. 

Shu munosabat bilan tuman hokimi Sherzod Rahmonov momaning yashash xonadonida bo‘ldi. Tavallud kuni bilan tabriklab, maxsus sovg‘alarni topshirdi.

Maʼlumot uchun: Zaynab Haydarova 1998-yilda "Mehnat shuhrati”, 2014-yilda "Do‘stlik” ordenlari bilan, 2017-yilda "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor" unvoni bilan taqdirlangan.

Hozirgi kunda "Haydarobod dalalari" fermer xo‘jaligini boshqarib kelmoqda. Shu kabi xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputatihamdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM